Ötgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda Yandex Go haydovçilarining iş taşlaş haqidagi çaqiriqlari paydo bölgan edi. Telegram'dagi guruhlar va Instagram'dagi sahifalarida videomurojaat bilan çiqqan bir guruh haydovçilar agregatordagi tariflardan norozilik bildirib, hamkasblarini 15 dekabr, duşanba kuni işga çiqmasdan, boykot qilişga çorlagan edi.
Ammo, kompaniya bergan rasmiy ma’lumotdan kelib çiqilsa, iş taşlaşga uriniş iş bermagan. Aksinça, öşa kuni liniyaga çiqqan taksilar soni köproq ham bölgan.
Yandex Uzbekistan matbuot xizmatining Kun.uz söroviga javoban ma’lum qilişiça, 15 dekabr, duşanba kuni ikki hafta oldingiga qaraganda 1500 nafarga köproq haydovçi liniyaga çiqqan. Şu kuni haydovçilar liniyada ötkazgan jami iş soatlari ikki hafta oldingidan 3 foizga köproq bölgan. Kun davomida Yandex Go orqali amalga oşirilgan safarlarda ikki hafta oldingiga qaraganda 5000 nafar köproq yölovçi taşilgan.
Qayd etiş lozim, ötgan hafta duşanba kuni 8 dekabr – bayram kuniga töğri kelgani sababli, yuqoridagi raqamlarda taqqoslaş uçun 1 dekabr, duşanba sanasi olingan. Çunki bayram kunlari odatda haydovçilar ham, yölovçilar ham kamroq böladi.
Yandex Go ma’muriyatiga köra, servis ştat rejimida işlaşda davom etyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda ham köplab foydalanuvçilar 15 dekabr kuni uşbu taksi xizmati faoliyatida özgariş sezmagani, narxlarning noodatiy oşişi yoki odatdagidan uzoqroq vaqt kutib qoliş kabi muammolar bölmaganini yozib qoldirdi.
Kun.uz suhbatlaşgan ikki nafar Yandex Go haydovçisi ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmasligi sabab boykotdan umuman bexabar bölganliklarini aytişdi.
Boykotga uriniş sababiga kelsak, taşabbuskor haydovçilar agregatordagi tariflardan norozilik bildirmoqda. Ular Yandex uşlab qoladigan komissiya miqdori yuqoriligi, yoqilği narxlari va avtomobilning boşqa ekspluatatsion xarajatlari oşayotgani, bu omillarning barçasi ularning sof daromadini “yeb yuborayotgani”dan şikoyat qilişgan.
Boykot iştirokçilaridan ayrimlari 15 dekabr kuni boşqa haydovçilarni liniyaga çiqişdan qaytariş uçun ilovaga soxta buyurtmalar kiritib, hamkasbi çaqirilgan joyga yetib kelişidan oldin buyurtmani bekor qilib yuboriş bilan şuğullangani aks etgan skrinşotlarni tarqatdi. Ularning bu xatti-harakati haydovçilar jamlangan Telegram-guruhlarda tanqidlarga sabab böldi.
Qayd etiş lozim, Yandex Go haydovçilarining norozilik sifatida öz hamkasblarini iş taşlaşga undaş aksiyasi Özbekistondan boşlangani yöq. Boykotga çorlov avvaliga Rossiyada paydo bölgandi. Rus naşrlarining










