«Isroil hukumatining Ğazodagi harbiy operatsiyasini yanada kengaytiriş qarori – xato. Şu sababli biz Isroil delegatsiyasi DSEI UK 2025 körgazmasiga taklif etilmasligini tasdiqlaymiz. Bu uruş darhol tugaşi uçun diplomatik yeçim bölişi şart – zudlik bilan sulh, garovdagilarni qaytariş va Ğazo xalqiga humanitar yordam oqimini oşiriş», deya hukumat vakilining sözlarini keltirmoqda CNN naşri.
Isroil ilgari Mudofaa va Xavfsizlik uskunalari xalqaro körgazmasida (Defence & Security Equipment International show) muhim iştirokçi bölgan. Uşbu tört kunlik konferensiya har ikki yilda bir marotaba Britaniya poytaxtida ötkaziladi va unda hukumatlar, armiyalar hamda qurol sanoati vakillari qatnaşadi.
Isroil mudofaa vazirligi esa Britaniya hukumatining qarorini keskin tanqid qildi: «Bu çeklovlar Isroil vakillariga nisbatan ataylab qilingan va afsuslanarli kamsitiş harakati hisoblanadi». Şuningdek, u Isroil körgazmadan butunlay çiqib ketişini tasdiqladi.
Britaniya Mudofaa vazirligining tasdiqlaşiça, hukumat vakillari çetlaştirilgan bölsa-da, bu taqiq Isroilning xususiy qurol-yaroğ kompaniyalariga tegişli emas. Xususan, Elbit Systems, Rafael, IAI va Uvision kabi Isroil mudofaa kompaniyalari körgazmada qatnaşa oladi.
Isroilni qurol-yaroğ körgazmasidan çiqariş – Britaniya hukumatining sönggi oylar içida boş vazir Benyamin Netanyahuga bosim ötkaziş maqsadida amalga oşirgan navbatdagi qadam. Maqsad – Ğazodagi uruşni töxtatiş va Hamas bilan öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş.
Falastinni tan oliş masalasi
Şu bilan birga Fransiya va Kanada yetakçilari qatorida Buyuk Britaniya boş vaziri Keir Starmer ham sentabr oyida BMT Boş Assambleyasi doirasida Falastin davlatini tan olişga tayyorgarlik körmoqda. Uşbu sammit 9 sentabr kuni Londondagi qurol körgazmasi bilan bir kunda oçiladi va oy oxirigaça davom etadi.














