Prezident Şavkat Mirziyoyev «Yangi Özbekiston» boğida davlat mustaqilligining 34 yilligiga bağişlangan bayram tadbirida nutq sözladi.

Davlat rahbari köp millatli xalqni, xorijdagi vatandoşlarni istiqlol bayrami bilan tabrikladi.

«Inson qadri uçun, inson baxti uçun» degan ezgu tamoyilga asoslangan Yangi Özbekiston ğoyasi amalda qudratli harakatga aylandi. Dunyodagi murakkab vaziyatga qaramasdan, iqtisodiyotimiz 6 foizdan yuqori sur’atlarda barqaror ösayotgani xalqimiz özi tanlagan yöldan dadil borayotganini körsatmoqda. Yurtimiz aholisi yiliga örtaça 700-800 mingga köpaymoqda. Mehnat bozoriga har yili 500-600 ming yoş kirib kelmoqda. Bunça odamni öqitiş, kasb-hunarli qiliş, ularga iş topiş öz-özidan bölib qolmaydi. Buning uçun, muntazam işlaydigan tizim, kafolatli investitsiya va infratuzilma kerak. Şuni oldindan çuqur öylab, biz bu yönalişda aniq dasturlarni qabul qildik», dedi prezident.

Davlat rahbari Yangi Özbekistonda tadbirkorlik iqtisodiyotni harakatga keltiruvçi, oldinga boşlovçi katta kuçga aylanganini ta’kidladi.

«Xalqimizning köz öngida minglab zamonaviy korxonalar, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma obektlari qad rostlamoqda. E’tibor bering, bu yil jami 35 milliard dollar investitsiya evaziga 9 mingga yaqin yangi korxona, xizmat körsatiş majmualari barpo etiladi. Eng uluğ bayramimiz arafasida 4 milliard dollarlik 79 ta yirik obekt işga tuşirildi. Ötgan davrda birgina kiçik va örta tadbirkorlar soni 2 karra köpaydi. Bugun uşbu tarmoqda 10 milliondan ortiq aholimiz mehnat qilib, daromad topmoqda.

Biz yil boşida 5,5 million aholi bandligini ta’minlaş böyiça katta marra olgan edik. Sakkiz oydayoq 5 millionlik rejani uddaladik. Eng muhimi, islohotlarimizga işonib, şu yilning özida çetda işlayotgan 700 ming fuqaromiz yurtimizga, öz oilasi bağriga qaytdi», dedi prezident.

«Yana bir maqsadimiz – halol işlagan tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, ularga imkoniyatlarni köpaytirişdan iborat. Şu sababli «Halol mehnat – xotirjam hayot va farovon jamiyat garovi» degan şior asosida «yaşirin» iqtisodiyotni jilovlaş böyiça muhim çora-tadbirlarni amalga oşirmoqdamiz», dedi prezident.