Eron yadroviy dasturi böyiça davom etayotgan mojaro fonida Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya BMTning Tehronga qarşi sönggi ön yil davomida töxtatib qöyilgan sanksiyalarini yangilaş mexanizmini işga tuşirdi. Bu haqda dpa va Reuters axborot agentliklari "yevrouçlik"ning BMT Xavfsizlik kengaşiga yöllagan xatiga tayanib xabar berdi.
Beş varaqdan iborat hujjatda yevrozona mamlakatlari sönggi 6 yil içida Eron tomonidan yadroviy kelişuvning köplab buzilişlariga e’tibor qaratdi.
2019 yildan beri Tehron özining butun yadroviy infratuzilmasini modernizatsiya qildi va şu qatorda 60 foizgaça boyitilgan 408 kg uran jamğardi, vaholanki bunday yuqori darajada boyitiş tinç maqsadlarda bölişi mumkin emas, deya ma’lum qildi «yevrouçlik» taşqi işlar vazirlari.
«Eronning harakatlari yadroviy energiyadan faqat tinç maqsadlarda foydalanişga aniq ziddir», — deyiladi maktubda.
Bundan taşqari, Eron Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) inspektorlari bilan hamkorlikni şu qadar qiyinlaştirdiki, uning yadroviy dasturini mustaqil tekşiriş imkonsiz bölib qoldi, deya ta’kidlaydi Ye3 mamlakatlari sönggi yillarda Eron bilan kelişuvga erişiş uçun köplab muvaffaqiyatsiz urinişlarga işora qilib.












