Rossiya, AQŞ va Ukraina sammiti bölib ötadi, ammo Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy uçraşadimi yoki yöqmi – noma’lum. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp Daily Caller naşriga ma’lum qildi.
«Uç tomonlama uçraşuv bölib ötadi. Ikki tomonlama [Putin va Zelenskiy uçraşuvi] haqida bilmayman, lekin uç tomonlama böladi. Bilasizmi, ba’zan odamlar bunga tayyor bölmaydi», – dedi u.
Prezident öz fikrini izohlarkan, şunday öxşatiş keltirdi.
Sizda bola bor, maydonçada boşqa bola bor, ular bir-birlarini yomon körişadi, qöllarini silkitişadi, silkitişadi va siz ular töxtaşini xohlaysiz, ular esa davom etişadi. Biroz vaqt ötgaç, ular özlari ham töxtaşni xohlaşadi, tuşunyapsizmi? Bu deyarli bir xil. Ba’zan ularni töxtatişdan oldin bir oz urişişlari kerak böladi. Lekin bu juda uzoq davom etyapti. Juda köp odamlar halok böldi.
Rossiya-Ukraina uruşini tugatiş – Donald Trampning saylovoldi va’dalaridan biri bölgandi. AQŞ ma’muriyati fevral oyi örtalaridan beri Moskva va Kiyev bilan mojaroni töxtatiş böyiça alohida muzokaralar olib bormoqda, ammo deyarli heç qanday natijaga erişilmadi.
Tramp 15 avgust kuni Alyaskada bölib ötgan sammitdan keyin Zelenskiy va Putin uçraşuviga tayyorgarlik boşlanganini e’lon qilgandi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Putin Zelenskiy bilan uçraşişga tayyorligini, biroq oliy darajada körib çiqilişi kerak bölgan barça masalalar puxta işlab çiqilişi kerakligini ta’kidladi.
Zelenskiy, öz navbatida, Ukraina muzokaralarga tayyorligi, biroq özi uçun Tramp iştirokidagi uç tomonlama format afzalroq ekanini aytdi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers 28 avgust kuni Putin va Zelenskiy uçraşuvi bölmasligini aytdi.












