1 sentabr kuni Şanhay Hamkorlik Taşkilotining Tianjin sammitida söz olgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bir qator taşabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan:
- ŞHT institutlari samaradorligini oşiriş va uni Global Janub davlatlari hisobiga kengaytiriş;
- yadro xavfsizligi böyiça deklaratsiya qabul qiliş;
- içki işlar vazirlari kengaşi faoliyatini qayta tiklaş;
- 2030 yilgaça giyohvandlikka qarşi kuraş dasturini tayyorlaş;
- «ŞHT–Afğoniston» muloqot guruhi faoliyatini faollaştiriş;
- savdoni soddalaştiriş tartib-taomillari töğrisidagi bitimni imzolaş;
- strategik materiallar böyiça mintaqaviy markaz taşkil etiş;
- energetika konsorsiumini tuziş;

- vençur kompaniyalar va jamğarmalar tarmoğini yaratiş;
- maxsus elektron investitsiya portalini taşkil etiş;
- Şimol–Janub va Şarq–Ğarb yönalişlarida transport-tranzit yölaklarini rivojlantiriş, «ŞHT yagona transport makoni»ni şakllantiriş va uni «Bir makon, bir yöl» taşabbusi bilan uyğunlaştiriş;
- iqlim özgarişiga moslaşiş, dekarbonizatsiya va ekologik xavf-xatarlarni başorat qiliş uçun sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etişga qaratilgan ŞHT mintaqaviy platformasini işga tuşiriş;
- xalq ijodiyoti xalqaro festivalini ötkaziş, «ŞHT universiteti» onlayn kampusini taşkil etiş, talabalar va yoş mutaxassislar örtasida tanlov hamda olimpiadalar ötkaziş;
- «Sayyohlik yölagi» va "Tibbiyot turizmi alyansi" loyihalarini amalga oşiriş.
Sammitda ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi asosida Toşkent şahrida doimiy faoliyat yuritadigan organ – ŞHTga a’zo davlatlarning xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça Universal markazini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Uning huzurida ŞHT Axborot xavfsizligi markazi ham tuziladi. Uşbu qaror xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqadi.












