Jamiyat | 17:00 / 02.09.2025
2099
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ANORBANK 5 yilligi munosabati bilan bolalar uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish treninglari o‘tkazildi

29 avgust kuni Toshkentda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida treninglar tashkil etildi. Bu tashabbus respublikadagi yetakchi banklardan biri – ANORBANKʼning tashkil topganiga 5 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazildi.

ANORBANK o‘zining tashkil topganiga 5 yil to‘lishini nafaqat bank rivojlanishidagi muhim sana sifatida, balki ijtimoiy missiyasini amalga oshirish yo‘lidagi yana bir qadam sifatida nishonladi. An’anaga aylangan ushbu kunda bank har yili tug‘ilgan kuni munosabati bilan bolalar, jumladan, bolalar uylarida tarbiyalanayotgan yoshlar uchun ta’limiy va rivojlantiruvchi tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. Bank o‘z faoliyati davomida biznesning ijtimoiy mas’uliyati jamiyat oldidagi majburiyatlar bilan chambarchas bog‘liq ekanini amalda isbotlab kelmoqda.

Joriy yilda ANORBANK 100 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilarni bir joyga jamladi. Ular uchun bank xodimlari tomonidan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv trening o‘tkazildi. Unda budjet tuzish va jihozlash, mablag‘ni tejash, bank kartalaridan xavfsiz foydalanish va firibgarlikdan himoyalanish kabi mavzular qamrab olindi. Bu kun nafaqat foydali bilimlar, balki xursandchilikka ham boy bo‘ldi — bolalar o‘yinlarda ishtirok etishdi, o‘zaro muloqot qilishdi va kun nihoyasida esdalik sovg‘alarga ega bo‘lishdi.

Bunday tashabbuslar ANORBANK strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish va ularda moliyaviy mas’uliyatni shakllantirish — bu kelajakka qo‘yilgan muhim sarmoyadir.

ANORBANK kelgusida ham ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga bilim va ko‘nikmalar berishga xizmat qiluvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni qat’iy rejalashtirgan. Bu orqali ularning farovonligi va mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shishga intilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid