2025 yilning avgust oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari örtaça 0,4 foizga oşgan.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 108,8 foizni taşkil etib, ötgan yilning şu oyiga (2024 yil avgust — 110,5 foiz) nisbatan 1,7 foiz bandga pasaydi.
Avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 0,6 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga hamda aholiga körsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlaşgani kuzatilgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tarvuz (28,7 foiz), qovun (11,7 foiz), karam (11,4 foiz), kartoşka (3,5 foiz), tovuq tuxumlari (2,7 foiz), parranda göşti (1,9 foiz), paxta moyi (1,6 foiz), qöy göşti (1,4 foiz) hamda mol göşti (0,2 foiz) narxlarining oşişi inflatsiyaga asosiy ta’sir körsatdi.
Şuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan benzin (3,1 foiz) va sement (0,8 foiz) hamda xizmatlar narxi va tariflarida huquqiy turdagi xizmatlar (9,9 foiz), maişiy çiqindi uçun haq tölaş (3,0 foiz) va erkaklar va öğil bolalar uçun sartaroşxona xizmatlari (1,0 foiz) narxlari qimmatlaşgani inflatsiyaga oşişiga asosiy omil bölib xizmat qildi.
Hisob-kitoblar uçun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtalarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

















