Intervyuda Özbekiston-Kuvayt munosabatlari sönggi ikki yil içida faol rivojlanib, yangi model şakllangani, prezident Şavkat Mirziyoyevning 2025 yil fevral oyidagi Kuvaytga bölgan tarixiy rasmiy taşrifi bilan yanada mustahkamlangani ta’kidlangan.

"Uşbu taşrif yakunida savdo, sarmoya, energetika, infratuzilma, transport, turizm, soğliqni saqlaş, madaniyat sohalarida 9 ta bitim va anglaşuv memorandumlari imzolandi", – degan elçi.

Suhbat çoğida Kuvaytda Özbekiston mahsulotlarining mintaqaviy markazini taşkil etiş loyihasi haqida batafsil ma’lumot berilgan. "Markaz Özbekiston mahsulotlarini sotiş va Kuvayt orqali Körfaz arab davlatlari bozorlariga eksport qiliş uçun darvoza bölib xizmat qiladi. Birinçi bosqiçda asosiy e’tibor özbek töqimaçilik mahsulotlariga qaratiladi. Çunki ularning yuqori sifati tufayli unga nisbatan mintaqada talab ortib bormoqda", – deya qayd etgan Özbekiston rasmiy vakili.

Ta’kidlanganidek, elçixona tomonidan Kuvayt Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda 2024-2025 yillarda qator biznes-forumlar taşkil etildi. Buning natijasida ikki davlat kompaniyalari örtasida savdo şartnomalari imzolandi. Kuvayt bozoriga Özbekistonning yangi qişloq xöjaligi mahsulotlari, jumladan, göşt va şirinliklardan taşqari gilos, şaftoli, örik, tarvuz, qovun, limon kabi mahsulotlar eksport qilindi. Kuvayt iste’molçilarining uşbu mahsulotlarga qiziqişi ortib bormoqda va Elçixona savdo hamkorligini kengaytirişni qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda.