Toşkent viloyati Zangiota tuman qişloq xöjaligi bölimi boş mutaxassisi qamoqqa olindi, deya xabar tarqatdi Davlat xavfsizlik xizmati.

Ma’lum qilinişiça, u mahalliy fuqaroga tegişli uyning yonida joylaşgan va davlat zaxirasida bölgan 8 sotix yer maydonini tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun tuman hokimligi tomonidan tuziladigan işçi guruh orqali uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 40 ming dollar talab qiladi.

Mulozim uşbu pul mablağidan 20 ming dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga çek qöyildi, deyiladi xabarda.

Boş mutaxassisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdordagi firibgarlik) va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdordagi pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX, şuningdek. Namangan şahar hokimi Anvar Otaxöjayev qamoqqa olinganini ham xabar qildi.