Afsuski, ayrim “maslahatlar” orqasida na ilm, na tajriba turadi — lekin ular köpçilikni işonişga majbur qiladi. Nima uçun? Çunki ular hissiyotga öynaydi, şoşilinç “yeçim” taklif qiladi va göyoki tajribadan ötgandek körinadi.
Qanday yolğonlar köp uçrayapti?
Ayollarni köproq jalb qiladigan kontentlar orasida quyidagi notöğri ma’lumotlar tez uçraydi. Masalan:
“Bir haftada 10 kilo vazn yöqotiş”, “Faqat limonli suv bilan semizlikka tamomila barham bering” — bunday sarlavhalar jozibali tuyulsa-da, aksariyat hollarda salomatlikka xavf tuğdiradi. Şoşilinç oziş soğliqqa zararli ekanini ongli ravişda bilamiz.
“Asal va sut terini 5 yilga yoşartiradi”, “Yuzingizga limon surting, oqaradi” — gözallik borasidagi bu kabi maslahatlarning köpçiligi ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan. Ayrim hollarda esa aks ta’sir beradi.
“Bu ösimlik damlamasi şifo beradi”, “Dorini asal bilan aralaştirib içing” — xalq tabobatiga oid bu kabi maslahatlar, ayniqsa vraç tavsiyasisiz qöllansa, organizmga zarar yetkazişi mumkin.
Fakt-çeking: yolğondan saqlovçi oddiy qadamlar
Siz buning uçun mutaxassis bölişingiz şart emas. Ammo quyidagi oddiy odatlarni hayotingizga kiritiş orqali yolğon ma’lumotlardan özingizni himoya qila olasiz:
1. Manbani köring. “Bu ma’lumot qayerdan kelgan?” degan savolni özingizga bering. Rasmiy manbami? Mutaxassis fikrimi? Yoki şunçaki şaxsiy blogmi? Masalan, soğliq borasidagi maslahatlarni JSST (Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti) yoki Soğliqni saqlaş vazirligi kabi işonçli saytlarda tekşirib köring.
2. Mutaxassis fikrini izlang. Agar sizga limon kislotasi terini oqartiradi deyişsa, dermatolog bu masalada nima deyişini tekşirib köring. Çunki ayrim “uy şaroitidagi” tajribalar terini kuydirişi yoki allergiya keltirib çiqarişi mumkin.
3. Bir neçta manbani soliştiring. Agar biror maslahat yoki “yangilik”ni faqat bir joyda körgan bölsangiz — bu uni töğri qiladi degani emas. Kamida ikki-uçta manbadan izlang.
4. Emotsiyaga aldanmang. “Bugun içing — ertaga yoşarib ketasiz!”, “Bu usulni sizdan yaşirişgan!” — bu kabi jumlalar aynan hissiyotga bosim ötkaziş uçun yaratilgan. Bu sarlavhalarni köriboq şubhalanişingiz kerak.
5. Rasm va videoni tekşiring. Ba’zan yolğon xabarlar aynan video yoki rasm bilan birga çiqadi. Ular esa boşqa voqeaga oid bölişi, hatto montaj bölişi mumkin. Google Reverse Image Search, TinEye yoki InVID kabi vositalar orqali foto-videolarni tekşirişingiz mumkin.











