Germaniyadagi hukmron partiyalar – Xristian-demokratik ittifoq/Xristian-sotsial ittifoq (XDI/XSI) va Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) parlament fraksiyalari yetakchilari – Yyens Shpan va Mattias Mirsh qo‘shma e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi. DW muxbirining savoliga javob berar ekan, Shpan «xavfsizlikning birinchi va asosiy kafolati Ukraina armiyasidir», dedi.
U Ukraina Qurolli kuchlarini kelajakda «eng yaxshi tarzda», shu jumladan ehtimoliy tinchlik istiqbolini hisobga olgan holda jihozlash niyatini e’lon qildi. Siyosatchi kafolatlarni ishlab chiqish Amerika tomoni bilan birgalikda amalga oshirilayotgani, keng imkoniyatlar muhokama qilinayotganini qo‘shimcha qildi.
Ayni paytda, na Shpan, na Mirsh bundesver askarlarini Ukrainaga yuborish imkoniyati haqida gapirmadi. «Biz hech narsani istisno qilmayapmiz», dedi Mirsh. Germaniya kansleri Fridrix Mers avvalroq urush davom etayotgani uchun Bundesverni Ukrainadagi missiyaga jalb qilish masalasi haqida gapirishga hali erta ekanligini ta’kidlagan edi.















