Özbekiston milliy jamoasi Toşkentda ötayotgan CAFA Nations Cup-2025 turniri doirasida Turkmaniston bilan öynab, Igor Sergeyevning ikkita goli evaziga ğalaba qozondi.
«Paxtakor» hujumçisi 37-daqiqada Ruslan Jiyanovning uzatmasini golga aylantirdi, 44-daqiqada esa penaltidan foydalanib, dublni rasmiylaştirdi.
59-daqiqada Özbekiston milliy jamoasi himoyaçisi Farruh Sayfiyev töpni uşlab olgan raqib darvozaboni boşiga bexosdan tepgani uçun maydondan çetlatildi. Öyin oxirida Turkmaniston ham öz golini urişga muvaffaq böldi.
Bu natijadan söng, Özbekiston milliy jamoasi oçkolari sonini 4 taga yetkazib, Ömon bilan birga 1-örinni bölişib turibdi. Qirğiziston va Turkmaniston hisobida 1 oçkodan bor.
5 sentabr kungi sönggi turda Özbekiston Qirğizistonga qarşi, Ömon Turkmanistonga qarşi öynaydi.
Musobaqaning B guruhi öyinlari Tojikistonda ötkazilyapti. Guruhda Eron 6 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. Hindiston va Tojikiston hisobida 3 oçkodan bor, Afğoniston hozirça oçkosiz.
Guruhda 1-örinni olgan jamoalar finalga, 2-örinni olgan jamoalar 3-örin uçun bahsga yöl oladi.
CAFA Nations Cup-2025
2 sentabr, Toşkent, «Olimpiya» stadioni
A guruhi. 2-tur
Özbekiston — Turkmaniston 2:1
Gollar: Igor Sergeyev (37, 44 pen) — Didar Durdiyev (84 pen).













