Xitoy raisi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekinda Ikkinçi jahon uruşi tugaganining 80 yilligiga bağişlangan harbiy parad oldidan zamonaviy texnologiyalar yordamida umr köriş davomiyligini uzaytiriş imkoniyatlarini muhokama qildi. Bloomberg naşrining ma’lum qilişiça, ularning nutqidan parçalar rasmiy translatsiyaga tuşib qolgan.

Suhbat Si va Putin (bu vaqtda ularning yonida KXDR yetakçisi Kim Çen In ham bor edi) parad boşlanişidan oldin minbarga çiqayotganda bölib ötgan.

Lavha boşida Si xitoy tilida «hozirgi kunda» va «70 yoşda» degan sözlarni aytgani eşitiladi. Keyin Putinning tarjimoni rus tilida şunday dedi: «Ilgari odamlar kamdan-kam hollarda 70 yoşgaça yaşagan, bugun esa 70 yoşda ham seni bola ekaningni aytişadi».

Şundan söng, Putinning sözlarini anglaş muşkul, ammo xitoylik tarjimon bu sözlarni Si Jinpingga «Biotexnologiyalarning rivojlanişi tufayli inson a’zolarini doimiy ravişda köçirib ötkaziş mumkin va odamlar özini tobora yoş his qilişi va hatto umrboqiylikka erişişi mumkin», deb yetkazgani eşitiladi.

Si bunga javoban «Başoratlarga köra, bu asrda 150 yoşgaça yaşaş imkoniyati bor», dedi, şundan söng translatsiya boşqa kameraga ötkazildi.

Putin va Si Jinping 72 yoşda. Putinning beşinçi prezidentlik muddati 2030 yilda tugaydi, ammo 2020 yilda Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan özgartirişlar tufayli u oltinçi prezidentlik muddatiga ega va 2036 yilgaça hokimiyatda qolişi mumkin. Si Jinpingning amaldagi uçinçi vakolat muddati 2028 yilda tugaydi. Ungaça Xitoy rahbarlaridan heç biri ikki muddatdan ortiq hokimiyat tepasida bölmagan.