Abu-Dabida asoslangan Etihad Airways aviakompaniyasi 2025 yilning birinçi yarmini öz tarixidagi eng katta foyda bilan yakunladi.
Reuters xabariga köra, kompaniyaning 6 oylik sof foydasi 1,12 milliard dirham (304,96 mln dollar)ni taşkil etgan. Bu – ötgan yilning şu davriga nisbatan 32 foizga köp.
Hisobot davrida Etihad'ning yölovçi taşuvlari 17 foizga oşib, 10,2 mln nafarga yetgan.
Boşqaruv kengaşi raisi Muhammad Ali Al-Şorafa bunday yuqori körsatkiçlarni xalqaro kengayiş bilan izohladi: kompaniya yanvardan buyon 27 ta yangi yönalişda parvozlarni qölga qöygan va sönggi 18 oy içida samolyotlari soni 20 taga köpaygan.
Reuters'ning yozişiça, Etihad birja orqali aksiyalarini dastlabki ommaviy joylaştirişga (IPO) tayyor, ammo yaqin orada bunday rejalar yöq. Aviataşuvçi keyingi 10 yil içida 20 mlrd dollarlik kengayiş strategiyasini özi mustaqil ravişda moliyalaştirişni rejalagan.
Eslatib ötamiz, Yaqin Şarqdagi sönggi harbiy harakatlar, xususan iyun oyida Isroil va Eron örtasida yuz bergan 12 kunlik uruş mintaqadagi köplab aviakompaniyalar daromadiga salbiy ta’sir körsatgan edi.












