Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul: Rossiyaning Ukrainadagi urushida KXDRning 2000 nafar harbiysi halok bo‘ldi
Janubiy Koreya razvedkasi Pxenyanning 2000 ga yaqin harbiy xizmatchilari Ukrainaga qarshi harbiy amaliyotlarda qatnashish uchun Rossiyaga jo‘natilganida halok bo‘lganini taxmin qilmoqda.
Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati (NIS) Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi harbiy amaliyotlarda qatnashish uchun Rossiyaga jo‘natilgan 2000 ga yaqin harbiy xizmatchisini yo‘qotganini taxmin qilmoqda. NIS parlament razvedka qo‘mitasi uchun o‘tkazilgan yopiq brifingda shunday ma’lumot berdi, deb xabar qilgan Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi Janubiy Koreya Milliy majlisining ikki deputatiga tayanib.
Ulardan biriga ko‘ra, Shimoliy Koreya o‘z kuchlari joylashtirilishining birinchi va ikkinchi bosqichida 350 ga yaqin askar halok bo‘lganini da’vo qilgan. Aprel oyida NIS parlament qo‘mitasida o‘tkazilgan brifingda Shimoliy Koreyaning kamida 600 askari halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Endilikda bu ma’lumot boshqa davlatlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «har tomonlama tahlil»dan so‘ng 2000 ga yetkazildi, deb xabar beradi Yonhap.
2024 yil oktyabr oyidan beri Shimoliy Koreya Rossiyaning harbiy amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 13 mingga yaqin askar va qurol-yarog‘ yuborgan. AFP agentligining ta’kidlashicha, gap artilleriya snaryadlari, raketalar va uzoq masofali raketa tizimlari haqida ketyapti. NIS hisob-kitoblariga ko‘ra, Pxenyan kuchlarini joylashtirishning uchinchi bosqichi doirasida Rossiyaga qo‘shimcha 6000 askar jo‘natishni rejalashtirmoqda, ayni paytda Rossiyaga 1000 ga yaqin Shimoliy Koreya harbiy muhandislari yuborilgan.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026