Hozirgi paytda kosmetika sanoati millionlab mahsulotlarni taklif qilmoqda. Ayollar turli ranglar, teksturalar va yangi formulalar içida adaşib qolişi tabiiy hol. Biroq sönggi yillarda dunyo böylab minimalizm falsafasi kuçayib, kosmetika sohasida ham öz aksini topmoqda. Minimalistik kosmetiçka — bu keraksiz ortiqça vositalardan voz keçib, faqat eng zarur va samarali mahsulotlarni işlatiş hisoblanadi. Mutaxassislar ta’kidlaşiça, bu nafaqat teri salomatligini saqlaydi, balki vaqt va mablağni ham tejaydi.
Minimalistik kosmetiçkada bölişi kerak bölgan vositalar:
1.Tozalovçi vosita
Har qanday parvarişning birinçi bosqiçi terini tozalaşdir. Dermatologlar tavsiya etganidek, yengil gel yoki köpik terini çang, yoğ va kosmetikadan xalos qiladi. Haddan taşqari köp turdagi tozalovçi vositalarni işlatiş terini quritib yuboradi.
2.Namlantiruvçi krem
Teri muvozanatini saqlaş uçun eng muhim mahsulot — namlantiruvçi krem. U terining tabiiy himoya qatlamini mustahkamlaydi, qurib ketiş va erta ajin tuşişining oldini oladi. Minimalistik yondaşuvda universal krem tanlanadi, u kunduz va tun uçun ham mos bölişi muhim.
3.Quyoşdan himoya kremi (SPF)
Dermatologlar ta’kidlaşiça, eng samarali qarişga qarşi vosita bu — SPF. Quyoşdan himoya kremi terini ultrabinafşa nurlaridan himoya qilib, doğ va ajin paydo bölişini sekinlaştiradi. Minimalistik kosmetiçkada bu mahsulot mutlaq zarur hisoblanadi.
4.Asosiy dekorativ vositalar
Minimalistik kosmetikada odatda bitta yoki ikkita dekorativ vosita yetarli böladi. Masalan, BB-krem yoki yengil tonal krem, şuningdek lab uçun balzam yoki neytral rangli pomada. Bu mahsulotlar bir vaqtning özida ham parvariş, ham yengil pardoz vazifasini bajaradi.
5.Köp funksiyali mahsulotlar
Minimalizmning asosiy tamoyillaridan biri — bir mahsulotni bir neçta maqsadda işlatiş. Masalan, krem-rumyananing lab va yonoqqa mos kelişi yoki universal moyning ham teri, ham soçga qöllanişi. Bu yondaşuv kosmetiçkani ixçam qiladi va sarf-xarajatni kamaytiradi.











