Billi Ekman

Milliarder investor Billi Ekman Texas, Florida, Arizona va Kaliforniyada faoliyat yuritayotgan Alpha School dasturini qöllab-quvvatlamoqda. Bu bolalar boğçasidan 12-sinfgaça möljallangan dastur bölib, sun’iy idrok yordamida akademik maşğulotlarni kuniga ikki soatgaça qisqartiradi. Dastur individual ta’lim va hayotiy könikmalarga urğu beradi.

Ekman öz maktabini Nyu Yorkda ham oçiş niyatida. U öz loyihasini “buyuk innovatsiya” deb ta’riflayapti.

Loren Pauyell Jobs

Stiv Jobsning rafiqasi Loren Pauyell Jobs – tadbirkor va xayriyaçi. U XQ Institute nomli notijorat taşkilotga 300 mln dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Bu taşkilot AQŞda örta maktab tizimini isloh qiliş bilan şuğullanadi. Texnologiyalar, jumladan sun’iy idrok yordamida maktablarni özgartiriş mumkinligini ilgari suradi.

Piter Til

PayPal asosçilaridan biri Piter Tilning Thiel Fellowship dasturi yoş tadbirkorlarga an’anaviy ta’limni taşlab, innovatsion loyihalar bilan şuğullaniş imkoniyatini bermoqda. Dasturga qabul qilingan 20 yoşdan kiçiklar uçun 2 yil davomida 100 ming dollar grant beriladi.

Ethereum asosçisi Vitalik Buterin – şu dastur stipendiatlaridan biri. Piter Tilning stipendiantlaridan yana biri – Joş Brauder, u diplom olişiga bir neça oy qolganda Stenfordni taşlab ketgan: özining aytişiça, ta’lim kreditini töplaş uçun majburiy raqs darslarida qatnaşiş kabi talablar uni öz texnologik startapini işga tuşiriş va boşqarişdan çalğitgan.

Tarixdan saboq