Oq uyning ma’lum qilişiça, Tramp mazkur qarorni bugun imzolaydi. AQŞda II jahon uruşi tugagunga qadar Uruş vazirligi va alohida Dengiz kuçlari bölgan. Ular 1949 yilda rasman Mudofaa vazirligiga birlaştirilgan va yangi binoga köçib ötgan.

New York Times’ning yozişiça, Tramp ma’muriyati – harbiy tuzilmani qayta şakllantiriş, uning jangovar imkoniyatlarini namoyiş etib, yanada agressiv obrazga moslaştirişni körsatadi, deb hisoblamoqda. Tramp bu fikrni ilk marta avgust oyida aytgan va Hegsetni «uruş vaziri» deb atagan edi.

«Biz Uruş vazirligi davrida aql bovar qilmas tarixiy ğalabalarga erişganmiz. 'Mudofaa' juda himoyaviy eşitiladi. Biz himoyada bölişni xohlaymiz, ammo zarurat tuğilsa, hujumkor ham bölişimiz kerak», degandi Tramp.

Foto: The New York Times

Pet Hegset ham Pentagonni yangi nom bilan qayta brendlaşni bir neça bor nazarda tutgan. Yaqinda Fox News telekanaliga bergan intervyusida: «Biz Birinçi va Ikkinçi jahon uruşlarini Mudofaa vazirligi bilan emas, balki Uruş vazirligi bilan yutganmiz», degandi. Mart oyida esa u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida nomni özgartiriş böyiça sörov ham ötkazgan.

Florida ştatidan respublikaçi senator va Trampning aşaddiy tarafdori Rik Skott ijtimoiy tarmoqlarda bu özgariş Amerika uçun «uruşlarni yutiş qobiliyatini, ularga faqat javob qaytarişni» aks ettiradi, dedi.

Nyu-Jyersi ştatidan demokrat senator Endi Kim esa bunga qarşi çiqdi. «Amerikaliklar uruşlarning oldini olişni xohlaşadi, ularni maqtaşni emas», dedi u.

AQŞ Mudofaa vazirligining ramziy nomi ham bor, bu — Pentagon. Bunday deyilişiga sabab, II jahon uruşidan söng Vaşingtonda qurilgan vazirlik binosi beş burçak şaklida. Pentagon bugunga kelib, nafaqat ramziy nom, balki OAVda AQŞ armiyasi ma’nosini ham anglatadi.

Mudofaa vazirligi va vazir lavozimi Kongress aktlari orqali nomlangan, şuning uçun Trampning farmoni darhol kuçga kirişi noma’lum.