Qarorga köra, mas’uliyati çeklangan jamiyat (jamiyat) iştirokçisi tarkibiga kiriş yoki undan çiqariş faktining kuçga kiriş mexanizmi soddalaştiriladi.

Quyidagi hollarda jamiyat iştirokçilari tarkibiga kiritiş yoki undan çiqariş amalda tegişli harakat hamda hodisa sodir etilgan paytdan boşlab yuzaga kelgan hisoblanadi, jumladan:

🔹 iştirokçilar tarkibidan majburiy çiqariş yoki unga majburiy kiritiş, şu jumladan, jamiyatdagi uluş iştirokçi va uçinçi şaxs örtasida umumiy mulk deb topilgan va uning tegişli qismiga mulk huquqi belgilangan holatlarda – sud qarori qonuniy kuçga kirgan kundan;
🔹 jamiyat uluşi E-auksion elektron savdo platformasi va qonunçilikka muvofiq xususiylaştirişning boşqa usullari orqali sotilganda – savdo natijalari rasmiylaştirilib, uluş qiymati töliq tölangan kundan;
🔹 jamiyat uluşini sotiş va uni sotişdan boşqaça tarzda uçinçi şaxslar foydasiga voz keçiş notarial şaklda amalga oşirilganda – bu haqida tasdiqlovçi hujjatlar rasmiylaştirilgan kundan.

Iştirokçilar tarkibiga kiriş yoki undan çiqiş holatlarida jamiyat boşqa iştirokçilarni 30 kun muddatda xabardor qiladi.