Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oldingizda jahon chempionatida munosib ishtirok etish vazifasi turibdi – Infantino
FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi, Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilgan Milliy futbol markazini ko‘zdan kechirdi. O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi.
FIFA prezidenti Janni Infantino 8 sentabr kuni Toshkentdagi Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.
100 gektardan ortiq maydonda qad rostlagan mazkur majmua o‘zida bir nechta sport turlari uchun mo‘ljallangan zamonaviy inshootlarni birlashtiradi. Ular ko‘p funksiyali bo‘lib, turli sport turlari bo‘yicha xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazishga to‘liq tayyor hisoblanadi.
Infantino ushbu sport infratuzilmasini yuksak baholab, O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilayotgan zamonaviy sharoitlarni e’tirof etdi.

Shuningdek, u Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilgan Milliy futbol markazini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida bir nechta terma jamoa mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin. Zamonaviy maydonlar, o‘quv binolari, sport zallari va mehmonxona futbolchilar ixtiyoriga taqdim etilgan.
Sport tibbiyoti markazida basseyn, mashg‘ulot zali va reabilitatsiya bo‘limlari tashkil etilgan. Futbolchilarning qisqa fursatda tiklanishi uchun xorijiy uskunalar keltirilgan.
FIFA delegatsiyasi Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, VAR, terma jamoalar tayyorgarlik markazi va Respublika futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.
Janni Infantino O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari bilan uchrashib, jahon chempionati yo‘llanmasi bilan tabrikladi:
«Avvalo, sizlarni tarixiy natija bilan tabriklayman. Bu yutuq mamlakatingizda sport va futbolga berilayotgan e’tibor samarasi. Futbolingizning uzoq va sharafli yo‘lni bosib o‘tayotganining mevasidir. Oldingizda sharafli vazifa — Jahon chempionatida munosib ishtirok etish turibdi. Siz millionlab muxlislaringizga quvonch ulashyapsiz. Ishonamanki, Jahon chempionatida butun dunyo yana bir bor O‘zbekiston futbolining salohiyatiga guvoh bo‘ladi», dedi Infantino.
Tashrif davomida FIFA delegatsiyasi markaz infratuzilmasiga yuksak baho berib, bu yerda O‘zbekiston terma jamoalarining xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishi mumkinligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
22:55 / 01.12.2025
Superkompyuter O‘zbekistonning JCh-2026 g‘olibi bo‘lish imkoniyatiga baho berdi
19:49 / 30.11.2025
Superligada qolish uchun pley-off o‘yinlarida qatnashadigan jamoalar ma’lum bo‘ldi
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
23:12 / 25.11.2025