Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Uçtepa tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötmasdan savdo dökonida xorijiy davlatlarda işlab çiqarilgan 2 835 dona tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalari mavjud vositalarni ötkaziş maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, uşbu vositalar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.