Toşkentda arzonlaştirilgan mahsulotlar yarmarkalarida narxlarni nazorat qiliş uçun kameralar örnatilmoqda, deya xabar berdi şahar hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, hokimlik va prokuratura departamenti taşabbusi bilan iste’mol mahsulotlarini arzonlaştirilgan narxlarda taqdim etiş maqsadida poytaxt bozorlarida maxsus savdo yarmarkalari yölga qöyilgan.
“Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda uşbu yarmarkalardagi ayrim rastalarda körsatilgan narxlardan farqli narxlarda savdo qiliş holatlari kuzatilayotgani haqida xabarlar paydo böldi. Bu esa aholining e’tirozlariga sabab bölmoqda.
Şu boisdan, arzonlaştirilgan mahsulotlar yarmarkalarida şaffoflikni ta’minlaş, narxlarni nazorat qiliş va sun’iy oşirilişiga yöl qöymaslik maqsadida [...] mazkur rastalarda kuzatuv kameralari örnatilişi boşlandi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda Mirobod dehqon bozori va “Eski Juva” (Çorsu) bozorida kuzatuv kameralarini örnatiş işlari yakunlangan.
Bu boradagi işlar davom etmoqda va tez orada poytaxtning barça yirik bozorlaridagi arzonlaştirilgan mahsulotlar yarmarkalarida kuzatuv kameralari örnatiladi.












