Joriy yilning 9-10-11 sentabr kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosport bo‘yicha respublika turniri o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan soat 08:00 dan 15:00 ga qadar D012 «Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 34-km (Chirchiq shahriga kirishda “platina”)dan boshlab 54-kilometrlari («Oqsoqota» MFY) oralig‘ida transport vositalari harakati cheklanadi.

Bo‘stonliq tumaniga boruvchi fuqarolar Chirchiq shahri yoki Qoramanas, Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari orqali harakatlanishi mumkin bo‘ladi.