Ta’limda Yagona davlat imtihoni tizimini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş orqali amaliyotga joriy etiş reja qilinyapti. Taşabbus 8 sentabr kuni prezident iştirokidagi yiğilişda ilgari surildi, deb xabar berdi Kun.uz manbasi.

Qayd qilinişiça, ayni paytda öquvçilar 3 marta imtihon topşiryapti: maktabni bitiruv imtihoni, oliy ta’limga kiriş imtihoni, fanlar böyiça sertifikat oliş imtihoni. Mazkur imtihonlarni birlaştiriş yöli bilan Yagona davlat imtihoni (YaDI) topşirişga ötiş va jarayonni soddalaştiriş reja qilinyapti. Bu öquvçilarning vaqti va ota-onalarning moddiy resurslarini tejaşga yordam berişi kutilmoqda.

Rossiyaning Yagona davlat imtihoniga (Yedinyy gosudarstvennyy ekzamen — YeGE) öxşaş tizimni joriy etiş avval ham taklif qilingan edi. Biroq, jarayon hali yakuniga yetkazilmadi.