Azizlar, bugun Pekindagi harbiy parad Ukrainadagi uruşga qanday ta’sir körsatgani haqida gaplaşamiz. E’tibor bergan bölsangiz, ötgan hafta Rossiya tört yillik uruş davomida ilk marta Ukraina hukumati binosiga raketa uçirdi. Va Rossiya bu işni Putin Xitoydagi paradga borib kelganidan keyin qildi. Quyida şu haqda.
Vazirlar mahkamasiga zarba
Demak, Rossiya 7 sentabrga ötar keçasi Ukraina böylab raketa va dronlar yordamida aralaş hujumni amalga oşirdi. 12 soat davom etgan hujum uçun ruslar 805 ta dron va 13 ta «Iskander-M» ballistik raketasidan foydalandi. Dronlardan aksari zarbdor bölgan, şuningdek, havo mudofaa tizimini çalğitiş uçun ham immitator dronlardan foydalanişdi. Ya’ni qimmat raketa uçirilişidan avval öşa hududga köp dron uçiriladi, harbiylar dron bilan ovora bölib qolganda, ballistik raketa uçadi.
Rossiya hozirgaça Ukrainaga hujum uçun bir oqşomda bu qadar köp dron uçirmagandi. Ukrainlar 805 ta drondan 747 tasini, 13 raketadan 4 tasini urib tuşirgan, lekin nişonga tekkan yettita ballistik raketaning özi jiddiy vayrongarçilik uçun yetarli böldi. Axir bu oddiy raketa emas, davlatlar ballistik raketa sinov parvozi yaxşi çiqsa, bayram qilib yotibdi. Rossiya esa jonajon qöşnisiga kunda-kunora bunaqa raketalardan uçirib, şaharlarini vayron qilmoqda.
Bu galgi hujumning özgaça jihati şundaki, Rossiya uçirgan ballistik raketalardan biri Ukraina vazirlar mahkamasi binosiga borib urildi. Hukumat binosining yuqori qavati va tom qismi jiddiy zarar kördi. Ukraina boş vaziri Yuliya Sviridenko raketa tuşgan joydan turib video e’lon qildi.
Paraddan keyin
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganiga tört yil böldi. Bu vaqt davomida ruslar hukumat binolariga deyarli hujum qilgani yöq. Köplab davlat taşkilotlari raketa parçalari, dron hujumi sabab zararlandi, bir marta Ukraina razvedka binosiga hujum qilindi, lekin mamlakat siyosiy rahbariyati iş joyiga ballistik raketa bilan hujum qilinişi — uruş yangi bosqiçga kötarildi degani, nazarimda.
Bu voqea Pekindagi harbiy paraddan keyin sodir bölgani ham bejiz emas. Putin dösti Si ötkazgan harbiy paradning boş mehmoni bölgani Rossiya Xitoy tomonidan jiddiy qöllovga egaligini bildiradi. Katta ehtimol, paraddagi iştiroki, undan oldin Amerikaga borib Tramp bilan körişib kelgani Putinga qöşimça işonç bağişlagan.












