Apple boş direktori Tim Kuk seşanba kuni kompaniyaning eng yupqa telefoni va sakkiz yil içida eng katta özgariş köringan modelni taqdim etarkan, tahlilçilar uni birinçi marta çiroyli dizaynlarni taqdim etgan marhum Stiv Jobsga öxşatişdi.

Kuk 9 centyabr kungi taqdimotni aynan Jobsning gapidan iqtibos bilan boşlagan: Biz uçun dizayn biror narsaning qanday körinişi yoki uni his qilişdan köra köproq ma’noni anglatadi, dedi u.

Apple kompaniyasi rekord darajada yupqa bölgan iPhone Air smartfonini taqdim etarkan, korpusining qalinligi atigi 5,6 mm. Display Promotion texnologiyasiga ega. Ceramic Shield oldingi modellarga qaraganda tört baravar kuçliroq. Titan ramka 80 foiz qayta işlangan materiallardan tayyorlangan. Smartfon tört xil rangda çiqariladi. iPhone Air A19 Pro protsessorida işlaydi. Kamçiliklardan biri - unda faqat bitta kamera böladi: 48 MP aniqlik bilan. Frontal kamera ham yangi - 18 MP. Körinişidan iPhone 17 bilan bir xil.

Tahlilçilar aynan şu model eng muvaffaqiyatli çiqqanini aytsa-da, biroq mijozlar uning bitta kamerasi borligidan hamda quvvat tizimidan rozi böladimi yoki yöq – bu muhim omil.

iPhone 17 Air sun’iy intellekt vazifalari uçun sozlangan Apple kompaniyasining eng yaxşi va eng yangi A19 Pro protsessor çipini va ikkita yangi maxsus aloqa çipini öz içiga olgan,

“Bu model e’lon qilingan paytda men baland ovozda qarsak çalişganini eşitdim”, deydi 24 millionga yaqin obunaçisi bölgan texnobloger Gaurav Çaudxari. U Air’ning titan ramkasi va “keramika qalqoni” oynasini yuqori baholadi, Apple bu qurilmani yanada mustahkam qilişga va’da bergan.

Ön yetti yil oldin Jobs kompaniyaning birinçi Macbook Air’ini yupqa holatda taqdim qilgani korporativ qulaylikka olib kelgandi. iPhone Air esa ana şu kompyuterning telefon variant bölişi mumkin.

“Öylaymanki, bizga ketma-ket bir xillik taqdim etilgan davrda Apple’ning bozorga yangi mahsulot çiqarayotganini köriş juda zör. Bu iPhone’ning butun segmentini jonlantiradi”, dedi PP Foresight tahlilçisi Paolo Peskatore.

Biroq uşbu modelning salbiy tomoni faqat bitta kameraga egaligida.

Creative strategies texnologik konsalting kompaniyasining boş direktori Ben Bajarinning ta’kidlaşiça, uşbu modelning batareyasi qançalik mustahkamligi javobi muhim böladi. Apple’ning maxsus çiplari yordam berişi kerak, çunki kompaniya ön yildan ortiq vaqt davomida energiya samaradorligi va ölçamiga tinimsiz e’tibor qaratgan holda öz çiplarini loyihalaştirgan, deya qöşimça qiladi Bajarin.