Iqtisodiyot | 11:00 / 11.09.2025
1802
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

"O‘zbekinvest" Monte-Karlodagi global sug‘urta forumida O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni taqdim etdi

Dunyodagi yetakchi sug‘urta kompaniyalari rahbarlari ishtirokida har yili Monte-Karloda (Monako) o‘tkaziladigan global forum doirasida «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi tomonidan prezident Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi va rahbarligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekinvest

Konferensiya ishtirokchilari mamlakatdagi keng ko‘lamli islohotlarga yuqori baho berib, ularning tez sur’atlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlagani, 130 milliard AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgani, mamlakatning jahon iqtisodiy aloqalariga jadal integratsiyasi, bandlikning o‘sishi, aholining kambag‘allik darajasi keskin qisqarishi va boshqa ijobiy o‘zgarishlarga olib kelganini alohida ta’kidladi.

Jumladan, global sug‘urta forumi ishtirokchilari O‘zbekistonda raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish sohasida erishilgan ulkan yutuqlarni yuqori baholadilar.

Ayniqsa, O‘zbekiston sug‘urta bozorida raqamlashtirish jarayonlari va sun’iy intellektni joriy etish katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yo‘nalishda «O‘zbekinvest» kompaniyasi e’tirof etilgan yetakchi hisoblanadi. Mobil ilovalar, Face ID texnologiyalari, sun’iy intellekt asosidagi skoring tizimi, bulutli ma’lumotlar ombori va boshqa elementlarni izchil tatbiq etish natijasida sug‘urta xizmatlarining 85 foizidagi xatarlarni baholash jarayonlari sun’iy intellekt texnologiyalari asosida amalga oshirilmoqda.

Bu esa mijozlarga xizmat ko‘rsatish muddatlarini va operatsion xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirishga, sug‘urta mahsulotlarining zararlilik darajasini pasaytirishga hamda kompaniya samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Taqdimot va bo‘lib o‘tgan muhokama yakuniga ko‘ra, forum ishtirokchilari so‘nggi yillarda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotning e’tirof etilgan drayveriga aylanganini qayd etdi. 

O‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar natijasida «O‘zbekinvest» kompaniyasi Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va Yaqin Sharqning yetakchi sug‘urta, qayta sug‘urta hamda brokerlik kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarni imzoladi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−001160

Sayt Facebook Instagram Telegram YouTube

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid