Çexiya maxsus xizmatlari Ruminiya va Vengriya maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda Yevropada faoliyat yuritayotgan Belarus josuslik tarmoğini aniqladi va yöq qildi, deb xabar berdi Çexiya xavfsizlik va axborot xizmati (BIS).

Pragada Çexiya maxsus xizmatlari «diplomatik niqob ostida işlaydigan razvedka xodimi» deb atagan Belarus elçixonasi xodimi persona non grata deb e’lon qilindi, Ruminiyada esa Moldova maxsus xizmatlarining Minskda işlagan sobiq yuqori martabali amaldori hibsga olindi, deya xabar beradi OAV.

BIS hisobotiga köra, Yevropadagi razvedka tarmoği Belarus Davlat xavfsizlik qömitasi tomonidan yaratilgan bölib, u agentlar tarmoğini yaratiş va razvedka ma’lumotlarini yiğişga intilgan. Çexiya taşqi işlar vaziri Yan Lipavskiy X ijtimoiy tarmoğida şunday deb yozdi: «BIS va çex diplomatiyasiga josuslik bilan şuğullangan Belarus agentlarini foş qilgani va jazolagani uçun minnatdorçilik bildiraman. Biz agentlarning mamlakatimizda kezib yurişiga yöl qöymaymiz va Çexiyani himoya qilamiz». 72 soat içida Çexiyani tark etişga buyruq berilgan diplomatning ismi oşkor etilmagan.