“City oil” MÇJ Bektemir tumani Iqbol mahallasidagi quriliş obektini va’da qilingan muddatda topşirmadi. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi firma tegişli hujjatlarsiz iş boşlagani uçun quriliş jarayonlarini töxtatib qöygan. Şu yilning dekabrida foydalanişga topşirilişi kerak bölgan köp qavatli uy qurilişi hali boşlanmagan.
2019 yilda Toşkent şahri hokimi qarori bilan “City oil” MÇJga Bektemir tumanining Iqbol mahallasi hududidan köp qavatli uy quriş uçun 70 sotix yer maydoni ajratib berilgan. 2018 yil davlat röyxatidan ötgan, ta’sisçilari “Maryam fayz” MÇJ va Zohidova Gulnoza Zokirjonovna bölgan “City oil” MÇJ esa kvartiralarni şartnoma muddatida topşirolmayapti.
Investorlarning sözlariga köra, quriliş işlari 2019 yilda boşlangan. Ammo tuzilgan şartnomalarda xonadonni topşiriş muddati har xil, birida 2022 yil, boşqasida 2023 yil qilib körsatilgan.
“2023 yil sentabr oyida uşbu firmani topganman. “City oil” quriliş kompaniyasining firmasi köp: “Maryam fayz”, “Ekolider”. Şu yilning birinçi çoragida öz uylarini sotuvga qöyişgan. 50 foizini tölaganman. Qolganini ikki yil davomida oyma-oy bölib tölaşga şartnoma tuzilgan. Bizlarniki hali qurilmagan, kotlovan holatida yotibdi. Uyni 2025 yilda topşiramiz deyişgan”, deydi fuqaro Oybek Egamberdiyev.
Unga köra, quruvçi 15-20 kunda iş boşlaşini aytib keladi. Biroq natija yöq.
Boşqa bir investor Abdurahmon Mamatqulov ham quriliş işlari reja böyiça ketmayotganini bildirdi. Uning uyi şartnoma böyiça 2022 yil martida topşirilişi kerak bölgan.
“2021 yil fevral oyida tölov qilganmiz. 128 mln söm töladim. 1 yilda topşirişi kerak edi. Mana, şuniyam qil-qil, deb zörğa qurdirganmiz. Bizlarga fasadni qilib beramiz, kirib yaşaysizlar, deb va’da berişgandi. Heç qanaqa iş ketayotgani yöq. Töxtab qolgan, tom va fasad oxirigaça qilinmagan, umuman işçilar yöq. Hozir köpçilik oyiga 300-400 dollar tölab ijarada yaşaydi. Sörasak “böldi, ertaga, indinga” deydi. 3 nafar xodimini qöyib qöygan”, deydi Abdurahmon Mamatqulov.
Fuqaro Azima Gaziyevaning aytişiça, hokimiyat va vazirlik uy uçun tölovlarni tölamay turişga çaqirgan.
“2023 yil iyunda 2 nafar ukam va öğlimga 50 foizdan 3 ta xonadonga tölov qildik. Hozirgi kungaça har bir xonadonga 240 mln sömdan tölab qöydik. Hokimiyat va vazirlik hozirça tölovlarni tölamanglar, dedi. Ularning ofisiga borib, qaçon mening blokimga kelib, quriliş boşlansa, öşanda tölayman, deya xat ham yozdirib keldim. Bu yil dekabrda topşirişi kerak edi. Kotlovani ham yöq.
Menga yaqinda poçta orqali xat keldi: şartnomani bir taraflama bekor qilişmoqçi ekan. Ofisiga bordim. Nima uçun, desam, “Sen agitatorsan, odamlarni yiğib, vazirlikka borasan, şikoyat qilasan, bizlarga tösqinlik qilyapsan”, deyişmoqda. Öşa uçun menga jarima solmoqçi, yana içki işlarga mening ustimdan yozyapti. Nima uçun? Men nogiron bölsam, özimizning haqqimizni talab qilyapmiz”, deydi ayol.
U yuqori taşkilotlarga qilgan murojaatlari samara bermaganini, işçilar xöjakörsinga 1-2 kun işlab ketayotganini aytdi. Azima Gaziyeva reklamaga işonib uşbu firmadan xonadon sotib olgan. Hozirda riyeltorlik kompaniyasi tölangan pul mablağlarini undirib berişni ma’lum qilgan.
“Ular bizga faqat pullaringni undirib bera olamiz, deb aloqaga çiqişdi. Şuni ham 5-6 yilda bölib-bölib kartamizga taşlab berarkan. Quriliş-çi, bizlarga uy kerak, desak, “Yöq, hali 2030 yilda ham uyinglar bölmaydi”, dedi. Şartnoma böyiça “City oil”ning direktori Ilhom Salomov. Keyin eşitsak, u qamaldi, ötirib ham çiqdi. 3 nafar direktor almaşdi”, deydi u.
Fuqaro Adolat Usmonovaga ham şu yil dekabr oyida xonadon topşirilişi kerak edi. U uy uçun 200 mln sömdan ortiq pul tölagan. Ammo uning uyi qurilişi hali boşlanmagan.
“Bolalar tölagani uçun men aralaşmagandim. Öğlim, kelinim, 3 ta nevaram bilan bir xonali yotoqxonada turamiz. Kiçkina xonada 6 kişi yaşayapmiz. Hamma kelinimdan “qaynonangiz qayerda yotadi?” deb sörarkan. Özimdan ham söraşadi. Oşxonada yotaman”, deydi Adolat Usmonova.
Uning qöşimça qilişiça, “City oil” MÇJ sobiq rahbari Ilhom Salomovning sudlangani quriliş işlariga ta’sir qilgan.
Kun.uz muxbiri MÇJning hozirgi rahbari Bahrom Yöldoşev bilan boğlandi. U investorlar bilan qöşimça şartnomalar tuzilişini, quriliş işlari tez kunlarda boşlanişini ma’lum qildi.
“Hozir tayyor bölgan 4 pod’yezd binomiz bor. Şuni davlat röyxatidan ötkaziş kerak. Ayni paytda bu böyiça çora-tadbir ötkazilyapti. Bu bölmagunça qolgan bosqiçlarini boşlaşga haqqimiz yöq. “Gospriyomka”ni 1,5 oyda qilasizlar, keyin qolganiga ruxsat beramiz, deyişgan. Reja-grafik asosida qolgan bloklarimizda işlar 15 sentabrdan boşlanadi. Qurib bitkazilgan 4 pod’yezdli binoni 15 sentabrgaça aholiga topşiramiz. Injyenerlik tarmoqlari va quyoş batareyalarini örnatsak böldi. Içki pardozlaş işlari tugadi, topşirişga tayyor holatda. Quyoş batareyasiga buyurtma berganmiz, tayyor bölib qolibdi, özlari kelib, montaj qilib ketadi, boşqa iş qolmadi”, deydi Bahrom Yöldoşev.
MÇJ rahbarining qöşimça qilişiça, joriy yil dekabrda topşirilişi kerak bölgan köp qavatli uylar 2026 yil avguctigacha qurib bitkaziladi: quriliş işlarini amalga oşiriş uçun firma mablaği yetarli.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi “City oil” olib borayotgan quriliş röyxatdan ötmagani uçun töxtatilganini bildirdi. “City oil”ning kengaş xulosasi, ekspertizasi yöq”, deyiladi inspeksiya axborotida.
Şahzod Öroqboyev,
Kun.uz
















