Andijon viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’ati sudyasining katta yordamçisi Andijon şahrida yaşovçi ayolning nomidan Andijon tumanlararo FIB sudiga da’vo arizasi kiritib, yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali ayolning sobiq turmuş örtoğiga tegişli mol-mulklarning bir qismini uning foydasiga hal qiliş haqida qaror çiqartirib beriş evaziga 500 AQŞ dollari talab qilgan.

Sudya katta yordamçisi hozirga qadar söralgan pul mablağidan 200 AQŞ dollari olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida Andijon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 300 AQŞ dollariga teng hisoblab, 3 mln 800 ming söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda sudya katta yordamçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi.

Bu kabi qonunbuziliş Jizzax şahrida ham qayd etilib, unda mahalliy advokatlik hay’ati advokati öz xizmat mavqeidan foydalangan holda, Mirzaçöl tumanida yaşovçi fuqaro bilan özaro til biriktirib, Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi manzil koloniyada ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötayotgan mahkumni Jizzax viloyat sud tizimidagi tanişlari orqali oqlov hukmi asosida muddatidan oldin ozodlikka çiqarib beriş evaziga 6 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida Jizzax şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda, ular söralgan pul mablağini olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.