Yangi iPhone 17 smartfonlari taqdimotidan keyin Apple bir vaqtning özida törtta modelni işlab çiqariş va sotişni rasman töxtatdi: iPhone 15, iPhone 15 Plus, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max. Bu kompaniya an’anaviy siyosatining bir qismidir.
Şunga qaramay, uşbu modellarning qolgan zaxiralarini hali ham uçinçi tomon çakana sotuvçilaridan topiş mumkin. Ehtimol, ularning narxi pasayadi. Qiziği şundaki, iPhone 17 seriyasi bilan birga kompaniya Plus modelidan voz keçdi - endi sotuvda faqat iPhone 16 Plus qoldi.
Yangi smartfonlar uçun oldindan buyurtmalar 12 sentabrda oçiladi, sotuvga esa 19 sentabrda çiqariladi.
Narxlarni eslatib ötamiz:
- iPhone 17 - $799 dan boşlanadi;
- iPhone 17 Pro - 1099$ dan;
- iPhone 17 Pro Max - $1199 dan;
- iPhone 17 Air - $999 dan.












