Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida dala yong‘inlari oqibatida tabiatga 5 mlrd so‘mlik zarar yetdi
To‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun sud organlariga yuborilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu yozda O‘zbekistondagi 13 ta hududda 27 ming gektar dalalar noqonuniy yoqib yuborilgani haqida tarqalgan xabar bo‘yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Viloyatidagi 14 ta g‘allachilikka ixtisoslashgan tuman hududlarida 2500 ta fermer xo‘jaligi va klasterlar tomonidan joriy yilda jami 119 ming gektar yer maydonlarida boshoqli don ekinlari ekilgan.
Bugungi kunda soha mutaxassislari tomonidan g‘alladan bo‘shagan yer maydonidagi somonpoya qoldiqlarini yoqib yuborilishi bo‘yicha 420 ta huquqbuzarlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 204,9 mln so‘m jarima chorasi qo‘llandi.
Shuningdek, 5 mlrd 354,2 mln so‘m tabiatga zarar yetkazilgani hisob-kitob qilindi. To‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun sud organlariga yuborilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 17.07.2026
Asakada savdo rastasida yong‘in sodir bo‘ldi
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
09:15 / 14.07.2026