Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘l cho‘kishi sabab avtobus va mikroavtobus botib qoldi
Toshkentdagi Gulsanam ko‘chasida avvalroq ta’mirlangan yo‘l cho‘kdi. Unga avtobus va mikroavtobus botib qoldi. Tarmoqlarda aytilishicha, avtobusni chiqarish uchun kelgan ekskavator ag‘darilib ketgan.
15 sentabr kuni Toshkentdagi Gulsanam ko‘chasida yo‘l cho‘kishi kuzatildi. Unda avtobus va mikroavtobus botib qoldi. Tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, avtobusni botiqdan chiqarmoqchi bo‘lgan ekskavator ag‘darilib ketgan.
«Toshshahartransxizmat»ning xabar berishicha, 101-sonli yo‘nalishda qatnovchi MAN rusumli avtobus soat 05:40 larda botib qolgan. U TTZ bozori bekatiga to‘xtaganida, ilgari suv quvurlari o‘tkazilgani va suv sizib chiqishi sabab yo‘l qatnov qismi cho‘kib, transport vositasining o‘ng tomoni yerga botib ketgan.
Soat 10:10 da avtobus cho‘kish joyidan olib chiqilgan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga tan jarohati yetmagan. Avtobus soz holatga keltirilib, sanitar ishlov berilgach, qayta yo‘nalishga chiqarilgan.
«Toshkent shahar suv ta’minoti» xabariga ko‘ra, bu yerda 400 diametrli quvur yangilanmoqda. «Qurilish hududiga yaqin joydan o‘tgan tarmoqda yuzaga kelgan nosozlikdan sizib chiqqan suv ko‘milgan chuqurlarning tuproq qismi keskin cho‘kishiga sabab bo‘lgan. Transport vositalari ana shu chuqurga bir tarafi bilan tushib qolgan», — deyiladi xabarda.
Rasmiy xabarlarda mikroavtobus va ekskavator haqida ma’lumot berilmagan.
Tuman hokimligi hodisa haqida keyinroq batafsil ma’lumot berilishini qayd etgan.
Mavzuga oid
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
08:53 / 23.05.2026