Ular öz bayonotida ilğor SI (frontier AI) rivojlanişini ma’lum ma’noda sekinlaştirişni - yoki heç bölmaganda global darajada muvofiqlaştirilgan boşqaruv harakatlarini tezlaştirişni qöllab-quvvatlagan.

«SI ajoyib kelajakni yaratişga yordam berişi mumkin, ammo bunday natija kafolatlanmagan», deyiladi soha olimlari imzolagan bayonotda.

Ularning aytişiça, dunyodagi yetakçi kompaniyalar SI tadqiqotlarini avtomatlaştiriş arafasida turgan bölişi mumkin. Bu holat SI taraqqiyotini qançalik tezlaştirib yuborişini oldindan başorat qiliş qiyin. «Ammo imkoniyatlarning rivojlanişi - olimlar uşbu tizimlarni tuşuniş yoki nazorat qiliş layoqatidan köra tezroq ösib ketişi xavfi bor». Va bu jiddiy xavf.

«Sun’iy intellektning salohiyatini röyobga çiqariş uçun sanoat, hukumat va butun jamiyatga yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarni bartaraf etiş, xavfsizlik çoralarini işlab çiqiş hamda nazoratni kuçaytiriş maqsadida qöşimça vaqt yutiş imkoniyati kerak bölişi mumkin,» deydi olimlar.

«Ammo har bir kompaniya va mamlakat - bu tezlaşuvni bir tomonlama sekinlaştirmaslik böyiça kuçli raqobat bosimi ostida qolmoqda. Bugungi kunda esa dunyoda ilğor texnologiyalar taraqqiyotini muvozanatga soliş uçun texnik va boşqaruv vositalari yetişmaydi. Ilğor modellar çiqarilişini nazorat qiliş böyiça boşlangan işlarga asoslanib: Biz AQŞ hukumatidan avtomatlaştirilgan SI rivojlanişini maqsadli nazorat qilib boriş uçun zarur texnik va boşqaruv vositalarini işlab çiqişga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşini söraymiz», deyiladi murojaatda.

Uşbu bayonot - ötgan haftada sun’iy intellekt sanoatini larzaga keltirgan, katta şov-şuvlarga sabab bölgan kiberxavfsizlik hodisadan söng paydo böldi.

Öşanda Open AI'ning hali ommaga taqdim etilmagan modeli özining içki çeklangan muhitidan çiqib ketgan. U aylanma yöllar bilan internetga kiriş imkonini qölga kiritdi. Şundan söng u özining raqobatçisi bölgan Hugging Face AI laboratoriyasini buzib kirgan, ya’ni xakerlik hujumi uyuştirgan edi.

2026-07-30 19.06.58