Sönggi sakkiz yilda Özbekistonda inson haq-huquqini himoya qiliş, munosib iş joyi bilan ta’minlaş, daromadini oşiriş, turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan ulkan işlar amalga oşirilgani ta’kidlandi. 

Barça sa’y-harakatlar har bir inson, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlar öz salohiyatini töliq namoyon etişi uçun şaroit yaratiş va imkoniyatlarini kengaytirişga qaratildi.

Eng murakkab davrda kambağallikka qarşi kuraş davlat siyosati darajasiga olib çiqilib, umummilliy harakatga aylantirildi.

Davlatimiz rahbari öşa paytda bizda kambağallik darajasini baholaş böyiça aniq mezon va metodologiya yöq bölganini qayd etdi. Jahon banki va BMT institutlari bilan hamkorlikda xalqaro tajriba asosida kambağallikning milliy mezonlari işlab çiqildi.

Yangilangan konstitutsiyada pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordam miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bölmasligi qat’iy belgilab qöyildi.

Izçil islohotlar tufayli 7,5 million aholi kambağallikdan çiqarilib, kambağallik darajasi 2024 yilda 8,9 foizga tuşirildi. Yil yakunigaça uni 6 foizgaça kamaytiriş maqsad qilingan.