Izçil islohotlar tufayli 7,5 million aholi kambağallikdan çiqarilib, kambağallik darajasi 2024 yilda 8,9 foizga tuşirildi. Yil yakunigaça uni 6 foizgaça kamaytiriş maqsad qilingan.
Bunday natijaga erişişda ötgan davrda Özbekiston iqtisodiyoti 2 karra ösgani, yil yakuni bilan jon boşiga daromad 3,5 ming dollarga yetişi muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
Prezident ta’kidlaganidek, yangi taşabbus va tajribalarni sinovdan ötkazib, dunyodagi ijobiy yutuqlarni örganib, kambağallikni qisqartiriş böyiça Yangi Özbekiston modeli yaratildi.
Avvalo, ötiş davrining muhim instrumenti bölgan manzilli ijtimoiy daftarlar joriy etilib, barça ehtiyojmand oilalar qamrab olindi.
Masalan, pandemiya davrida 800 ming oilaga bepul dori-darmon, 255 ming oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, yana 1 million 200 ming oilaga ijtimoiy nafaqalar berildi.
Natijada 5 million 200 ming nafar odam “kambağallik qopqoni”ga tuşib qolişdan himoya qilindi va şu bilan birga, iqtisodiy retsessiyaning oldi olindi.












