Bakteriyalar közga körinmaydi, lekin ular hayotimizning har bir daqiqasida biz bilan birga. Mazkur mikroorganizmlarni butunlay yöq qiliş imkonsiz, ammo tozalik qoidalariga rioya etiş orqali xavfini kamaytiriş mumkin. Odatda, gigiyena borasida köpinça faqat hojatxona yoki iflos körinadigan joylarga e’tibor qaratamiz. Aslida esa eng köp bakteriyalar har kuni işlatadigan va toza deb öylaydigan buyumlarimizda töplanadi. Uşbu maqolada bakteriyalar eng köp yiğiladigan buyumlar va ulardan samarali himoyalaniş yöllari haqida taniştiramiz.

Köpçilik bakteriyalarni faqat iflos joylarda böladi deb öylaydi. Biroq kundalik hayotimizda eng köp işlatadigan buyumlarimiz — telefon, pul, oşxona gubkalari yoki tiş çötkalari mikroblar yiğiladigan asosiy joylar hisoblanadi. Olimlar fikriça, bakteriyalarning uşbu yaşirin manbalari köplab kasalliklar, xususan, oşqozon-içak infeksiyalari, teri kasalliklari va hatto şamollaşlarga ham sabab bölişi mumkin.

Telefonlar

Bugungi kunda telefon eng köp işlatiladigan buyumga aylangan. Uni qölda uşlaymiz, stolga qöyamiz, köçada ham işlatamiz. Köpinça qöllarimizni yuvmasdan turib unga teginamiz. Ilmiy tadqiqotlardan birida telefon yuzasida bir santimetr kvadratida 25 mingdan ortiq bakteriya topilgani qayd etilgan. Demak, telefon bakteriya töplanişi böyiça eng xavfli buyumlardan biridir. Mutaxassislar uni kamida haftada bir marta antiseptik salfetkalar bilan artişni tavsiya qiladi.

Oşxona

Oşxona köpçilik uçun uydagi eng toza hudud sanaladi. Paradoks şundaki, eng katta bakteriya manbai ham aynan şu joyda yaşiringan böladi. Oşxona gubkalari va idiş yuviş matolari mikroblar eng köp yiğiladigan buyumlar qatoriga kiradi. Nam muhit, oziq-ovqat qoldiqlari va iliq harorat bakteriyalar tezda köpayiş uçun qulay şaroit yaratadi. Tadqiqotlarda birgina oşxona gubkasida hojatxona örindiğiga qaraganda bir neça baravar köproq bakteriya aniqlangani bunga yaqqol misol böla oladi