Şu maqsadda qariyb 3,5 million aholi yaşaydigan şaroiti oğir 1 mingta mahallada infratuzilma yaxşilanmoqda. Natijada şu yilning özida 470 ming xonadon tomorqasiga suv bordi, yana 790 ming xonadonda elektr energiyasi ta’minoti yaxşilandi.

Kelgusi yilda mahallalarda infratuzilmani yaxşilaş, iş örinlarini köpaytiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga yana 400 million dollar ajratiladi. 32 ta tuman va 328 ta oğir mahalla tanlanib, ularni rivojlantiriş böyiça alohida dastur qabul qilinadi.

Şuningdek, 810 ta mahallada suv, kanalizatsiya, yöl, maktab va boğça quriş böyiça 1,3 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi. Uy-joyga muhtoj va daromadi past aholiga ipoteka tizimidan foydalaniş uçun har yili 200 million dollar subsidiya ajratiladi.

Prezident xalqaro moliya institutlarini rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini moliyalaştirişda kambağallikni qisqartiriş talabini kiritişga çaqirdi.