Toyota AQŞdagi 591 377 ta avtomobillarda asboblar paneli displeyidagi muhim ma’lumotlarni körsatmaydigan muammoni aniqlagan. Buning oqibatida yöl-transport hodisalari sodir bölişi, odamlar jarohat olişi mumkin. Muammo xavf darajasini oşiradi, dedi kompaniya 18 sentabr kungi bayonotida.
Qaytarib oliş Venza, Highlander, Lexus, Tacoma va GR Corolla kabi bir neçta modellarni qamrab oladi.
Kompaniyaning qöşimça qilişiça, avtomobilni işga tuşiriş vaqtida asboblar panelidagi dasturiy xatolik tufayli maşinaning tezligi, tormoz tizimi va şinalar bosimi haqida ogohlantiriş çiroqlari körinmay qoliş xavfi bor.
Eslatib ötamiz, Toyota AQŞda öz işlab çiqariş zavodlariga ega hamda kompaniya bergan statistikaga köra, 2024 yilda bu davlatda Toyota 2 332 623 dona avtomobil sotgan. Bu 2023 yilga qaraganda 3.7 foizga, kunlik savdo taqqoslansa 3,1 foizga köp degani.
“Bizning köp yönalişli quvvat uzatiş yondaşuvimiz mijozlarimizning turmuş tarzi va budjetlariga mos kelmoqda”, - deydi Toyota’ning Şimoliy Amerika mintaqasi uçun zavodning ijroçi vitse-prezidenti Jyek Hollis.
Kompaniya bu mintaqada 65 yildan beri mahsulot sotib keladi va yuqori obröga ega.

















