2026 yil 1 yanvardan boşlab openbudget.uz portalida “Jismoniy şaxslarning bevosita soliqlari hisobidan xarajatlar” moduli işga tuşirildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bu modul orqali fuqarolar özlari tölagan daromad soliği, mol-mulk va yer soliqlari hisobidan qaysi yönalişga qança xarajat qilinganini körişi mumkin.
Moduldan foydalaniş uçun tegişli sahifaga OneID orqali kiriş lozim.
Hisobot quyidagiça körinişga ega (saytdan skrinşot):

Qayd etiş lozim, hisobot jismoniy şaxslarning faqatgina töğridan töğri soliqlarini qamrab oladi. Davlat budjetida eng katta öringa ega QQS va boşqa soliqlarni ham yakunda jismoniy şaxslar tölaydi, ammo ular yuridik şaxslardan undirilgani bois yuqoridagi moduldan joy olmagan. Şu sababli rasmiy işda işlamaydigan, yer va mulk soliği tölamaydigan fuqarolar uşbu moduldan foydalanganda, böm-böş jadvalga guvoh bölişi mumkin, biroq bu ularning umuman soliq tölamayotganini anglatmaydi.
Ma’lumot uçun, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği 2025 yil yakuni böyiça 41,4 trln sömni taşkil etişi közda tutilgan. Bu – davlat budjeti daromadlarining 12 foizini taşkil etadi.
Oçiq manbalarda yer soliği va mol-mulk soliği tuşumlari jismoniy va yuridik şaxslar uçun birlaştirilgan holda körsatilgan bölib, unga köra 2025 yilda yer soliğidan tuşumlar 9,7 trln söm, mol-mulk soliğidan 7,9 trln söm bölişi kutilyapti.
Şu tariqa, JŞODS hamda jismoniy va yuridik şaxslarning yer va mulk soliqlaridan tuşumlar (59 trln söm) 2025 yilgi jami davlat budjeti daromadlari (345,2 trln söm)ning 17 foizini taşkil etadi.
- 2025 yil yanvar-sentabr oylarida yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilişi 96 foizni taşkil etgan.













