Muloqot davomida tomonlar özaro işonç va hurmatga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi.

Jamşid Abruyev agentlik faoliyatining ustuvor yönalişlarini qayd etdi. Xususan:

✅ ijtimoiy xizmatlarni raqamlaştiriş va ularning manzilliligini kuçaytiriş;
✅kam ta’minlangan oilalarni aniqlaşda zamonaviy ma’lumotlar bazasidan samarali foydalaniş (Malayziya tajribasi – eKasih);
✅ ijtimoiy qöllab-quvvatlaş samaradorligini baholaş tizimini yölga qöyiş;
✅ mutaxassislar uçun qöşma seminar va öquv-treninglar taşkil etiş.

Uçraşuvda qöşma loyihalar himoyaga muhtoj oilalarni hisobga oliş uçun raqamli platformalarni rivojlantiriş, kam ta’minlangan xöjaliklarni aniqlaşda oçiq va aniq mezonlarni joriy etiş, manzilli yordam körsatişda ilğor tajribalar almaşiş, şuningdek mutaxassislar uçun qöşma seminar va treninglarni taşkil etiş istiqbollari muhokama qilindi.