Birinçi bor ISSF – Islom moliyasi böyiça şariat olimlari forumi Malayziyani tark etib, ilk bor Toşkentda bölib ötdi. Forum Özbekiston banklarida islomiy darçalar joriy etilişi jarayonini tezlaştirişiga umid qilingan.
17 va 18 sentabr kunlari Islom moliyasi böyiça 20-xalqaro forumga ilk bor Toşkent mezbonlik qildi. Unda şariatga mos modellarga ötişning samarali strategiyalari körib çiqildi. Operatsion muammolarni hal qilişda ilğor amaliyotlarni qöllaş hamda şariatga muvofiqlikni ta’minlaş – ustuvor maqsad sifatida aytildi. Bundan taşqari dual banking doirasida islomiy moliya dinamikasi örganildi. Tizimlar, an’anaviy va islom banklari örtasidagi özaro ta’sirni tahlil qiliş, aralaş iqtisodiyotlarda iqtisodiy barqarorlik imkoniyatlarini aniqlaş masalalari muhokama qilindi.
Yuqori darajali platforma sifatida ISSF2025 taniqli şariat ulamolari, tartibga soluvçi organlar, standartlarni işlab çiquvçi muassasalar, soha amaliyotçilari va islom moliyasi böyiça yetakçi akademiklarni birlaştirdi. Forumda jarayonlarda şaffoflik va izçillikni oşirişga qaratilgan mahsulot va xizmatlar, şariat talqinlaridagi nomuvofiqliklarni bartaraf etiş, innovatsion yeçimlarni taklif qiliş, global islom moliya sanoatini rivojlantiriş asoslari haqida suhbat qilindi.
ISSF2025 forumi Markaziy Osiyoda islomiy moliyalaştirişning yuksalib borayotgan markazi bölgan Özbekistonda ötkazilişi alohida ahamiyatga ega. Mamlakat global islomiy moliya landşaftida asosiy öyinçilardan biri sifatida sahnaga çiqişi mumkinligi aytildi.
Uşbu forum nafaqat Özbekistonning normativ-huquqiy va institutsional yutuqlarini yoritib berdi, balki transçegaraviy hamkorlik uçun platformani taqdim etiş istiqbollari yönalişini ham körsatib berdi.
Şokir Şaripov tayyorladi.
Tasvirçi Şohruz Abdurayimov.











