Dunyo adabiyotining detektiv janrida eng köp öqilgan asarlardan biri – Agata Kristining “Önta negr bolasi” romanidir. “Detektiv janrining malikasi” deb tan olingan ingliz yozuvçisining bu asari dunyoda eng köp tarjima qilingan kitoblar qatoriga kiradi.
Öşa maşhur “Erkyul Puaro”ni ham aynan Agata xonim yozgan. Bu xonim saksondan ortiq romanlar muallifi.
Bugun “5 daqiqa”da Agata Kristining “Önta negr bolasi” (“Ular önta edi”) romani haqida gaplaşamiz.
Agata Kristi - “Önta negr bolasi”
Roman ön nafar odamning orolga çaqirilişi bilan boşlanadi. Ular turli qatlam vakillari: sudya, harbiy, sobiq politsiyaçi, boyvaçça, xizmatçi, şifokor va şu kabilar. Har biriga turli bahonalar bilan taklifnoma yuborilgan. Ular öylaydiki, orolda ularni çiroyli hordiq, şohona munosabat yoki iş yuzasidan uçraşuv kutardi. Ammo voqea umuman boşqaça tus oladi.
Orolga kelgan zahotiyoq mehmonlar devorga ilingan ğaroyib şe’r bilan tanişadi. Unda “önta negr bolasi” haqida gap boradi va har misrada bitta bola qandaydir sabab bilan halok bölib boradi. Bu avvaliga bolalar qöşiğiga öxşab tuyuladi, biroq köp ötmay, voqea hayotga köçadi.
Orolda faqat ön kişi bor edi...
Birinçi keçadayoq mehmonlardan biri ğalati tarzda ölim topadi. Qolganlar buni tasodif deb öylaydi, ammo keyingi kunlarda ham ölimlar davom etadi. Har bir ölim şe’rdagi satrga mutanosib sodir böladi. Masalan, bir misrada bola mast holatda halok bölsa, orolda ham şu voqea qaytariladi.
Mehmonlar orasida heç kimga işonç qolmaydi. Hamma bir-birini ayblay boşlaydi, çunki orolda boşqa odam yöq edi. Ularning orasida kimdir qotil ekani aniq.
Vijdon - eng adolatli sudya
Asta-sekin ma’lum böladiki, orolga taklif qilinganlarning barçasi ötmişda biror gunoh sodir etgan. Ular qonundan qoçib, jazodan qutulib qolişgan. Ammo vijdondan qoçiş mumkin emas. Qotil esa özini “adolat” qöli deb hisoblaydi va har biriga qilgan işi uçun jazo tayyorlaydi.
Asarda nafaqat qotilni topiş siri, balki har bir insonning ötmişidan kelib çiqqan qora izlari ham oçiladi. Bu jihat romanni oddiy detektiv emas, balki falsafiy asarga aylantiradi.







