Amerikaning CNN, MS NOW va Politico ommaviy axborot vositalari Vaşington okrug sudiga AQŞ prezidenti Donald Tramp hamda uning maʼmuriyatining bir qator yuqori lavozimli vakillariga qarşi qöşma daʼvo kiritdi.

Bunga uşbu tahririyatlar jurnalistlarining Oq uyga kiriş huquqidan mahrum etilişi sabab böldi.

OAVning qöşma bayonotida daʼvodan közlangan maqsad AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan va söz hamda matbuot erkinligini kafolatlaydigan Birinçi tuzatişni himoya qiliş ekani aytildi.

Naşrlarga köra, hukumat ommaviy axborot vositalari nimani yoritişi yoki eʼlon qilişi yuzasidan qaror qabul qilmasligi kerak.

Ular Oq uy öz faoliyatining yoritilişidan norozi bölgani uçun jurnalistik akkreditatsiyalarni oldindan ogohlantirmasdan bekor qilganini bildirdi. Daʼvogarlar bu qaror sudda bahslaşilmasa, matbuot erkinligi va jamoatçilikning hukumat taʼsiridan xoli axborot oliş huquqiga tahdid tuğdirişini taʼkidladi.

21-sentabr kuni naşrlar Vaşingtondagi federal sudyadan jurnalistlarning Oq uyga kirişiga qöyilgan taqiqni zudlik bilan bekor qiliş va ularning akkreditatsiyalarini tiklaşni söradi.

CNN, MS NOW va Politico muxbirlari 19-sentabr kuni Oq uyga kirişga uringan, biroq AQŞ Maxfiy xizmati xodimlari ularni binoga qöymagan va ruxsatnomalarini olib qöygan.

Daʼvogarlarning taʼkidlaşiça, bu çora Donald Trampning körsatmasi bilan jurnalistlarni avvalgi tanqidiy materiallari uçun jazolaş va kelgusida maʼmuriyat haqida yumşoqroq yozişga majburlaş maqsadida körilgan.

Bundan bir kun avval Tramp CNN, MS NOW va Politico uning faoliyatini «adolatsiz» yoritayotganini aytib, ularni Oq uyga kiriş huquqidan mahrum qiliş kerakligini bildirgan edi.

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida daʼvoga munosabat bildirib, Oq uy erkin matbuotga emas, «soxta xabarlar»ga qarşi kuraşayotganini aytdi. U mazkur OAVni milliy xavfsizlikka tahdid deb baholadi.

Naşrlar manfaatini himoya qilayotgan advokat Teodor Butrous jurnalistlarning Oq uyga kirişini taqiqlaş prezident faoliyati haqida xolis va faktlarga asoslangan axborot oliş huquqiga ega Amerika jamoatçiligiga zarar yetkazişini bildirdi.

21-sentabr kuni Oq uy televizion puli konsorsiumi raisi vazifasini bajaruvçi va Fox Newsʼning Vaşington byurosi rahbari Brayan Bouton CNNʼga pul doirasidagi vazifalarini bajarişga ruxsat berilmayotgani sababli televizion pul Donald Tramp iştirokidagi tadbirlarni yoritişni töxtatişini maʼlum qildi.