Instagram ilk bor suratlar almaşiş platformasi sifatida paydo bölgan bölsa-da, hozirda hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Har kuni millionlab foydalanuvçilar unda surat, video, “story” va “reels”lar bilan bölişadi va asosan, eng baxtli lahzalarini ulaşadi. Xöş, bu holat inson ruhiyatiga ijobiydan köra köproq salbiy ta’sir körsatmayaptimikan?
Gözallik va mukammallik talabi
Instagram va şunga öxşaş ijtimoiy tarmoqlar odamlarga özini boşqalar bilan soliştirişni örgatadi. Platformadagi surat va videolar köpinça ideal qomat, qimmat maşinalar, haşamatli uylar, qiziqarli sayohatlar va mukammal hayot tarzini aks ettiradi. Şu sababli foydalanuvçi özini doimiy ravişda boşqalar bilan taqqoslay boşlaydi. Oddiy kundalik hayot esa Instagramʼdagi “baxtli hayot”lar bilan soliştirganda zerikarli, ahamiyatsiz yoki past darajadagidek tuyuladi.
Psixologiyada bu jarayon ijtimoiy taqqoslaş (social comparision) deb ataladi. Instagram’dan uzoq vaqt foydalanadigan şaxslarda özini past baholaş, taşqi körinişidan norozilik va “men yetarli emasman” degan tuyğu köproq uçraydi. Ayniqsa, yoşlar va ösmirlar “men kimman?” degan savolga javob izlayotgan davrda bu taqqoslaşdan köproq zarar körişi mumkin.
Instagramʼdagi idealizatsiyalangan hayotlar hammasi ham real vaziyatni aks ettirmaydi. Foydalanuvçi ularni haqiqiy hayot standarti sifatida qabul qilsa, ruhiy bosim oşadi, stress kuçayadi, oilaviy nizolar yuzaga kelişi mumkin va hatto turli soğliq muammolari ham paydo bölişi ehtimoli bor.
Uzoq muddat davomida özini boşqalar bilan soliştirib yaşaş erta qariş, uyqu buzilişi va ruhiy beqarorlikka olib keladi. Şuning uçun ijtimoiy tarmoqlarda gözallik va mukammallik talabi bilan boğliq kontentni körişda ongli böliş muhim. Foydalanuvçi doimo yodda saqlaşi kerakki, layklar va kuzatuvçilar soni, şuningdek, ideal hayot tasvirlari — bu faqat raqamlar va suratlar. Haqiqiy baxt insonning real hayoti, içki tinçligi va munosabatlarida namoyon böladi.
Like va “follower”lar bosimi
Instagram’da “like” va “followers”lar soni köpçilik uçun özini qadrlaş mezoniga aylanib qoldi. Oddiy raqamlar sifatida köringan bu körsatkiçlar aslida inson ruhiyatiga kuçli ta’sir qiladi. Post kam layk töplasa, foydalanuvçi özini qiziqarsiz, ortiqça yoki e’tiborsiz his qiladi. Natijada kayfiyat pasayişi, tuşkunlik, xavotir va öziga nisbatan işonçsizlik kuçayadi. Köplab psixologik tadqiqotlarda qayd etilişiça, ayniqsa ösmirlar va yoşlar taşqi baholaşga köproq boğlanadi, çunki ular identitetini şakllantiriş jarayonida böladi.












