Afğonistondagi hukmron «Tolibon» harakati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid Trampning Bagrom aviabazasini Qöşma Ştatlarga qaytariş haqidagi talabiga javoban «mamlakatning içki işlariga aralaşmaslikni» maslahat berdi. AQŞ harbiylari uşbu aviabazani 2021 yilda tark etgan edi.

Bayonotda aytilişiça, AQŞ Dohada imzolangan kelişuv doirasida «Afğonistonning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarşi kuç işlatiş bilan tahdid qilmaslik va mamlakatning içki işlariga aralaşmaslik» majburiyatini olgan.

«Şuning uçun ular öz majburiyatlariga sodiq qolişlari zarur», deb eslatdi «Tolibon» vakili.

Şuningdek, u Afğoniston «barça davlatlar bilan özaro va umumiy manfaatlar asosida konstruktiv munosabatlar örnatişga intilayotganini» aytib, AQŞga «ötmişdagi muvaffaqiyatsiz yondaşuvlarni takrorlaş örniga realizm va ratsionallik siyosatiga amal qilişni» tavsiya etdi.

Mamlakat Mudofaa vazirligi ştabi rahbari Fasihuddin Fitrat sözlariga köra, «ba’zi odamlar» bazani «siyosiy kelişuv» orqali qaytarib olmoqçi.

«Afğonistonning bir qariç yeri uçun ham bitim tuziş mumkin emas. Bizga buning keragi yöq», dedi u.

Politico naşrining yozişiça, AQŞ Afğoniston hukumati bilan amerikalik harbiylarni mamlakatga qaytariş böyiça qanday muzokaralar olib borayotgani ma’lum emas.

Avvalroq, Donald Tramp keskin bayonot bilan çiqib, Afğonistondan amerikaliklar tomonidan qurilgan Bagrom aviabazasini Qöşma Ştatlarga qaytarişni talab qilgan edi.

«Agar Afğoniston AQŞ tomonidan qurilgan Bagrom aviabazasini qaytarib bermasa, yomon narsalar sodir böladi», deb yozdi Oq uy rahbari özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

AQŞ harbiylarini Afğonistondan olib çiqib ketiş töğrisida Donald Tramp özining birinçi prezidentlik muddati paytida mamlakat rasmiylari bilan kelişib olgan edi, biroq qöşinlar Jo Bayden davrida butunlay çiqib ketdi.

2021 yil avgustida AQŞ qöşinlarining asosiy qismi çiqib ketişi va eng yirik harbiy bazalar yopilişi ortidan «Tolibon» darhol Afğonistonda hokimiyatni egalladi.

Tramp sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyatini Bagrom aviabazasini toliblarga «topşirib», Xitoyga nazorat örnatiş imkonini berganlikda bir neça bor ayblagan.