Uşbu qonun loyihasida «avtomobil yöllarini rejalaştiriş» mexanizmini joriy etiş, yöl infratuzilmasini aholi va iqtisodiyotning ösib borayotgan ehtiyojlariga mos ravişda rivojlantiriş nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, yöllarni loyihalaştirişda aholi fikri va atrof-muhitga ta’sirini inobatga oliş hamda piyodalar uçun tösiqsiz muhitni yaratiş böyiça qat’iy talablar örnatilyapti.

Loyihada kommunikatsiya tarmoqlarini qurişda yöllarning avvalgi holatini tiklaş xarajatlarini qoplaş şarti ham kiritilyapti. Yöllarda katta hajmli va oğir vaznli transport vositalarining harakatlanişi tartibga solinyapti. Qolaversa, ajratilgan va yölböyi mintaqalarida xizmat körsatiş obektlarini joylaştirişga oid talablar belgilanmoqda.

Qonun loyihasi bilan pulli yöllar tarmoğini barpo etişning huquqiy asoslari ham yaratilyapti. Pulli avtomobil yöllarini qurişga faqatgina muqobil bepul harakatlaniş yöli mavjud bölgandagina ruxsat berilişi taklif etilyapti.

Şu bilan birga, pulli avtomobil yölidan harakatlaniş uçun tölov miqdori avtomobil yöllari foydalanuvçilarining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari qanoatlantirilişini hisobga olgan holda, iqtisodiy jihatdan özini oqlaydigan bölişi lozimligi nazarda tutilyapti.

Majlisda qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş davomida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar inobatga olinib, hujjat matni takomiliga yetkazilgani alohida qayd etildi.

Loyihada belgilanayotgan normalar yöl sifatini yaxşilaş orqali mavjud avtomobil yöllari tarmoğini uzoq vaqtgaça soz holda saqlab turiş, pulli yöllar tarmoğini barpo etiş, sohaga töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qilişga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.