Sönggi yillarda Toşkent dunyoning havosi eng iflos şaharlari qatoridan joy olib kelmoqda. Bu poytaxt hayoti uçun katta ekologik muammolardan biriga aylanyapti.

Sabablar

Poytaxt havosining ifloslanişiga bir neçta omillar sabab bölmoqda. Eng asosiy manba – transport vositalaridan çiqadigan tutun va çiqindi gazlar. Poytaxtda maşinalar sonining yildan yilga ortişi havoga zararli moddalar çiqarilişini keskin kuçaytirgan. Qiş mavsumida esa aholi va korxonalar tomonidan kömir yoki past sifatli yoqilğidan foydalaniş muammo ustiga muammo qöşadi. Quriliş maydonlaridagi çang-ğubor, yaşil hududlarning qisqarişi, sanoat korxonalarining çiqindilari ham umumiy fonni yanada oğirlaştiradi.

Iqlimşunos Erkin Abdulahatovga köra, Toşkentda 22-23 sentabr kunlari kuzatilayotgan havo ifloslanişi atmosfera oqimlarining almaşinişi oqibatida röy bermoqda. Uning aytişiça, uşbu davrda havoda çang zarraçalari köpayadi va bu tabiiy havo ifloslanişi hisoblanadi. Antisiklon şaroitida tongda va keçqurun havodagi çang miqdori ortişi mumkin.

Mutaxassisning ta’kidlaşiça, joriy yil bahorining sönggi oyi va butun boşli yoz oylari ötgan yilgi şu davrga nisbatan juda issiq va favqulodda quruq böldi. Hatto, poytaxtda, masalan, sönggi tört oyda yerni höl qiluvçi yomğir yoğmadi. Mazkur holat butun mintaqada şu kabi tamoyil bilan kuzatildi.

“Mintaqaga navbatdagi sovuq havo oqimlari kirib kelişi davomli frontold şamollarni keltirib çiqardi, bu esa ayrim hududlarda çang tözoni va çang böronlariga sabab böldi. Navbatdagi sovuq antitsiklonning 21–22 sentabr kunlari mintaqaga kirib kelişi natijasida respublikaning köplab hududlarida çang böronlari kuzatildi. Xususan, 21 sentabr kuni voha va respublika markazlarida katta masştabli çang böronlari sodir böldi, havoda mayda RM2.5 va RM10 zarraçalari miqdori keskin ortdi.

22 sentabr kuni Kaspiy dengizi orqali kirib kelgan noodatiy antitsiklonning şarqiy qismi frontold şamollar tufayli Qizilqum şarqi, Aydarköl köllar tizimi va Jizzax ğarbiy hududlarida kötarilgan çang havo ğarbga yönaldi. Şu kuni ikkinçi yarim kunida ayni yönalişdagi şamol Çordara suv ombori atrofida şimolga burildi. Uşbu çang massasi Toşkentga soat 15:00 da yetib keldi. Keçki paytgaça, soat 19:00 gaça, poytaxt janubi-ğarbidan çang oqimlari kirib kelişi davom etdi.

Toşkent xalqaro aeroportida soat 18:30 da köriniş masofasi 4000 metrgaça pasaygan ğubor hodisasi qayd etildi. Joriy çang havo miqdori 2021 yil 4 noyabrdagi darajadan ança past bölsa-da, Özgidrometning poytaxt turli hududlariga örnatilgan avtomat stansionar stansiyalari RM2.5 mayda zarraçalari miqdori ruxsat etilgan milliy standartdan 5–6 barobar oşganini qayd etdi