Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasi. Yemelyanovskiy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari «Korona» ziyofat zalida ötkazilgan tadbirga bostirib kirdi, deb xabar berdi Newslab.

Qayd qilinişiça, Rossiya IIV, FXX va Rosgvardiya maxsus kuçlari xodimlari «noqonuniy migrantlar» va giyohvand moddalar savdosiga aloqador bölgan şaxslarni aniqlaş maqsadida reyd ötkazgan.

Ta’kidlanişiça, özbekistonlik qöşiqçi Jaloliddin Ahmadaliyev konserti bölib ötayotgan köngiloçar muassasaga bostirib kirgan huquq-tartibot idoralari xodimlari 620 nafar mehmonni tekşirgan, ulardan 210 nafari xorijlik ekani aytilmoqda. Ularning yonidan erkin muomalaga çiqarilişi taqiqlangan buyumlar yoki moddalar topilmagan.

Taqdim etilgan videolavhada Rosgvardiya xodimlari ziyofatdagi şaxslarning hujjatini tekşirayotgani, ularning yoni xizmat iti bilan tekşirilgani, bir guruh erkak yelkama-yelka saf tortgan holda olib çiqilgani, ayrimlari qöli qayrilgan holda olib ketilgani körinadi.

Şu bilan birga, 26 nafar xorijlik politsiya bölimiga olib ketilgan, ulardan 8 nafari Rossiyada noqonuniy ravişda bölgani ta’kidlanmoqda.

Reyd yakunlari böyiça politsiya xodimlari 19 ta ma’muriy bayonnoma tuzgan: çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs tomonidan Rossiyaga kiriş yoki böliş qoidalari va immigratsiya qoidalarini buzganlik uçun.

Bundan taşqari, Rossiya Jinoyat Kodeksining «Çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxsni soxta hisobga qöyiş» moddasi böyiça 3 ta material töplanib, holat yuzasidan tekşiruv boşlangan.